«Fan va innovatsiya» yosh olimlar xalqaro ilmiy anjumani
O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi
ILG‘OR TEXNOLOGIYaLAR MARKAZI

KONFERENSIYA HAQIDA
2022 yil 20 oktyabrda Toshkent shahrida «Fan va innovatsiya» yosh olimlar xalqaro ilmiy anjumani bo‘lib o‘tadi
Anjumanning asosiy maqsadi ilmiy jamoatchilikka va salohiyatli investorlarga biologiya, fizika, kimyo va geologiya kabi tabiiy fanlar sohasidagi zamonaviy yutuqlarini taqdim etish, shuningdek, fan, texnika va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tadqiqotlarining hozirgi tendensiyalari va natijalarini muhokama qilish. Tezislar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:


Biologiya fanlari
biotexnologiya, biofizika, biokimyo, molekulyar biologiya, fiziologiya, hujayra texnologiyalari, bioinformatika, farmakologiya va farmakogenetika

Kimyoviy fanlar

Yer haqidagi fanlar. Geologiya va geofizika

Fizika fanlari

ITM milliy tizimi va ilm-fan rivojlanishidagi IT-texnologiyalarning o‘rni
markaz haqida
Ilg‘or texnologiyalar markazi
2018-yilning aprel oyidan boshlab Ilg‘or texnologiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tarkibiga kirdi.
Markaz olimlar, innovatorlar va tadbirkorlarga barcha ishtirokchilar va butun O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan qo‘shma yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratuvchi vazirlikning texnologik platformasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilm-fan hayotning ajralmas qismi bo‘lgan tajribali olimlar uchun ham, yosh tadqiqotchi va ishlab chiquvchilar uchun ham Markaz eshiklari doimo ochiq.
